PSJ prezidenti: Hakam Realga yordam berdi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018
PSJ klubi prezidenti Nosir Al Xelayfi YCHL 1/8 finali doirasidagi Realga qarshi o'yindan so'ng bosh hakam Janluka Rokkini tanqid qildi.

Natija adolatli emas. O'ylashimcha, ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik, ammo xatolarga yo'l qo'ydik.

Mbappeda ofsayd qayd etishdi, ammo u yo'q edi. Hakamning xatolari qimmatga tushdi. Hakam Realga yordam berdi.

Endi javob bahsi haqida o'ylash kerak. Biz o'z maydonimizda muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz, o'ylashimcha keyingi bosqichga chiqa olamiz. Chorak finalga chiqish uchun borimizni beramiz. Realga qiyin bo'lishi aniq, – deydi Al-Xelayfi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com