

Ma'lumotlarga ko'ra, Yaqin Sharqdagi diplomatik inqiroz tufayli Valeriya Marsili uch qizi bilan 2 oy davomida Argentinaga qayta olmadi.
Inqiroz paytida ko'pla aviakompaniyalar Qatarga uchmay qo'yishdi, shu sababli Marsililar oilasi uzoq vaqt chipta xarid qilishga pul topa olishmadi.
Bu voqeadan PSJ yarim himoyachisi Xaver Pastorening agenti Marselo Simonyan xabar topdi. U orqali ma'lumot Al-Helayfiga yetib bordi va klub prezidenti Marsililar oilasining Dohadan Buenos-Ayresga yetib borishiga yordam berdi.

