PSJ Pochettinoning "Tottenxem"ga qaytish xohishiga qaramasdan, uni qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
27 may 2021, 18:01
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Tottenxem"ga qaytishi mumkin.

Fransiya klubi mutaxassisning "Tottenxem"ga qaytish xohishiga qaramasdan, argentinalikni qo'yib yubormoqchi emas.

Pochettinoni PSJda ishlar jarayonlari tashkil etilishidan hafsalasi pir bo'lgan. Murabbiy qaytish bo'yicha "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi bilan ham gaplashdi.

Yanvarda PSJga kelgan Pochettino jamoa bilan Kubok va Fransiya Superkubogini qo'lga kiritdi, ammo Liga 1'da g'alabani qo'lga kirita olmadi. Parijliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida turnirni tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JulienMaynard