

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" vingeri Kingsli Koman parijliklarning transfer ro'yxatidan joy olgan. 28 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar boshlab yuborilgan.
Myunxenliklar Komanni faqatgina yaxshi taklif bo'lganida qo'yib yubormoqchi. Kingsli 40-50 mln. evroga baholanyapti. U yiliga 15 mln. evro ishlab topadi.
Fransiyalik so'nggi mavsum Bundesliganing 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urgan.
Koman PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005-2013 yillarda Parij klubi akademiyasida tahsil olgan.



