PSJ Nkunkuni qaytarishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022
"Pari Sen-Jermen" klubi Kilian Mbappe va Lionel Messi jamoani tark etsa, ularning o'rniga o'rinbosar tayyorlamoqda.

Variantlardan biri PSJ sobiq futbolchisi bo'lishi mumkin.

Gap "Leyptsig" hujumchisi Kristofer Nkunku haqida ketmoqda. "Fichajes" ma'lumotlariga qaraganda, fransiyalik hujumchi "Park de Prens"dagi navbatdagi yangilik uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Nkunku qishda "Chelsi"ga o'tishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Kristofer "Pari Sen-Jermen" tarbiyalnuvchisi bo'lib, uni 2019 yilda tark etgan. Nkunku joriy mavsum "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes