PSJ Neymarning xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qildi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022, 17:42
"Manchester Siti" PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish imkoniyatidan voz kechdi, deb xabar berdi "Marca".

Qayd etilishicha, Fransiya klubi mankunianlarga yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganda braziliyalikni sotib olishni taklif qilgan.

"Sport" nashri xabariga ko'ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Neymarning kelishi jamoadagi tartib-intizomga yomon ta’sir ko'rsatishini aytib, bu transferni maqullamagan.

Neymar shu paytgacha PSJ tarkibida 150 ta o'yin o'tkazib, 109 ta gol urgan va 66 ta golga pas uzatgan. Uning parijliklar bilan kelishuvi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

Messi, Mbappe, Ronaldu, Neymarning FIFA 23'dagi reytinglari internetda tarqalib ketdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca