PSJ Neymar va Markinosni Olimpiadaga qo'yib yubormaydi

Alisher
15 iyun 2021, 10:25
PSJ Braziliya futbol konfederatsiyasining so'roviga rad javobi tariqasida hujumchi Neymar va himoyachi Markinosning Tokiodagi Olimpiada o'yinlariga qo'yib yubormasligi haqida ogohlantirdi.

Olimpiya o'yinlari 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo'lib o'tadi. Musobaqa o'tgan yili tashkil etilishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi sabab u ko'chirilgandi.

Qayd etish kerakki, Olimpiya o'yinlarining final musobaqasida mamlakatlarning yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi. Har bir jamoa 23 yoshdan katta bo'lgan uch o'yinchini tarkibga jalb qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN