

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklr fransiyalik forvard bilan shartnoma uzaytirish uchun ajratilgan 200 mln. evroni tejab qolib, ularni xarid uchun sarf qilishmoqchi.
Parijliklar maslahatchisi Luish Kampush ro'yxatida Viktor Osimxen, Rafael Leau bor. Osimxen bilan bog'liq holatda "Napoli" rahbariyatining hech kim bilan chiqishmasligi halal berishi mumkin. Leau va "Milan" o'rtasidagi bitimda futbolchining tovon puli - 175 mln. evro.
PSJ xarid qilishni xohlayotganlardan yana biri - "Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya.
Shu bilan birga "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva nomzodi ham ko'rib chiqilmoqda.



