PSJ "Monako"ga qarshi o'yinga 500 nafar o't o'chiruvchini taklif qildi

Aslanov Jasurbek
20 apr 2019, 10:39
PSJ "Monako"ga qarshi bo'ladigan Fransiya chempionatining 33-tur uchrashuviga Parijdagi Notr-Dam ibodatxonasida chiqqan yong'inni o'chirishda ishtirok etgan 500ta o't o'chiruvchini taklif qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ikki o't o'chiruvchi to'pga birinchi zarbani berishadi.

Notr Dam de Paridagi yong'in binoda o'tkazilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli chiqqani aytilmoqda.

PSJ - "Monako" uchrashuvi 21 aprel kuni Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien