“PSJ”, “Monako”, “Lion” YCHLda, “Trua” va “Metc” “uchib” kyetishdi

Fransiyada mavsum-2017/18ga yakun yasalib, Evrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalar qatorida elit divizionni tark etgan omadsizlar ham ma'lum bo'ldi.

Kuchli uchlikdan joy olgan “PSJ”, “Monako” va “Lion” klublari kelasi mavsumda YCHLda ishtirok etishadi. Keyingi pog'onalarni band etgan “Marsel”, “Renn” va “Bordo” jamoalari Yevropa Ligasida Fransiya sharafini himoya qilishadi.

Turnir jadvalida so'nggi ikki pog'onani egallagan “Trua” va “Metc” klublari esa quyi ligaga ravona bo'lishdi. “Tuluza” jamoasi esa ikkinchi divizion vakili bilan o'tkaziladigan pley-off o'yinida maydonga tushadi. 

“PSJ” hujumchisi Edinson Kavani 32ta o'yinda 28ta gol kiritib, Fransiya chempionati to'purariga aylandi. 


Manba: