PSJ Mbappega ultimatum qo'ydi

Alisher
23 iyul 2023, 08:59
PSJ hujumchisi Kilian Mbappega 1 avgustga qadar o'ylab olishiga imkon berdi.

Agar fransiyalik shu muddat ichida klub bilan yangi shartnomaga qo'l qo'ymasa, uni PSJ sotuvga qo'yadi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ futbolchini Yaponiya turidan chetlatgandi. Futbolchi PSJning Yaponiyaga boradigan tarkibidan chiqarib tashlandi.

Mbappe Fransiya chempionatining yakunlangan mavsumida 34 o'yinda 29 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com