PSJ Mbappe, Neymar va Verrattini qaydnomaga kiritmadi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2023
Kilian Mbappe, Neymar va Marko Verratti PSJning Liga 1 1-tur o'yini uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

PSJ "Loryan"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin bo'lgan 20 nafar futbolchi nomini e'lon qildi. Ular orasida Kilian Mbappe, Neymar va Marko Verratti yo'q.

PSJ qaydnomasi:


Ma'lum bo'lishicha, PSJ Neymar va Verrattiga ishonch bildirmayapti va ularni mavsumoldi fotosessiyaga chaqirmagan. Mbappe shartnoma bo'yicha yuzaga kelgan mojaro tufayli asosiy tarkibda chetlatilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr