

PSJ hujumchi Kilian Mbappe ketganidan so'ng transfer siyosatini o'zgartiradi. Bu haqda "Telefoot" xabar bermoqda.
Parijliklar endi yulduzli jamoa yig'ishga urinmaydi, balki yosh va istiqbolli fransiyaliklarga tayanadi. Yulduzli futbolchilar jamoaga moslashib, uni kuchaytira olsagina jalb etiladi.
PSJning yozgi transfer maqsadlaridan biri "Lill"ning fransiyalik himoyachisi Leni Yorodir. 18 yoshli markaziy himoyachi uchun "Real" ham da'vogarlik qilmoqda.



