

Fransiya klubi Braziliya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu kelishuv yaqinda rasmiy shartnoma bilan kafolatlab qo'yiladi.
PSJ Markinos bilan uni 2027 yil yoziga qadar parijliklar safida bo'lishni taminlaydigan 4 yillik bitim imzolaydi. Yangi shartnoma orqali futbolchi "Park de Prens"dagi eng ko'p maosh oluvchi besh o'yinchining biriga aylanadi.
Shuningdek, Fransiya chempioni jamoa yulduzlari Serxio Ramos va Lionel Messi bilan yangi kelishuvga erishish uchun ish olib bormoqda.



