PSJ - "Manchester Siti" o'yinini qaysi hakamlar boshqarishi ma'lum bo'ldi

Alisher
26 apr 2021, 15:42
UEFA Chempionlar Ligasi yarim final doirasidagi PSJ - "Manchester Siti" (ilk o'yin) o'yiniga hakamlarni tayinladi.

Bu o'yinni nemis referisi Feliks Brix boshqaradi. Unga Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. VAR tizimi - Marko Fritc, AVAR - Bastian Dankert. Zahira hakami - Daniel Zibert.

PSJ - "Manchester Siti" o'yini 28 aprelda Parijda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.

Javob o'yini Manchestyerda 4 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com