PSJ Lyuka Ernandesni xarid qilmoqchi

Alisher
15 iyun 2020
PSJ klubdan ketadigan himoyachi Tiago Silvaning o'rniga o'yinchi izlamoqda.

Parijliklarning bosh maqsadi - "Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes. PSJ rahbariyati fransiyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

Oldinroq, PSJ Lyukaning ukasi, "Milan" himoyachisi Teo Ernandesga ham qiziqqandi. Teoning transferi esa haqiqatga yaqinroq.

"Bavariya" Ernandesni o'tgan yozda "Atletiko"dan 80 million evro evaziga xarid qilib, klub rekordini o'rnatgan edi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga diorasidagi 16ta o'yinda maydnoga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER