PSJ Lukas Vaskesni sotib olishi mumkin

Alisher
3 iyul 2019, 12:50
Madridning "Real" klubi hujumchisi Lukas Vaskes PSJ qiziqishlari doirasida.

Parijliklar hujum chizig'ini kuchaytirish niyatidalar va ispaniyalik vingerni o'z tarkibiga qo'shib olishmoqchi.

Zinedin Zidan kelasi mavsum katta ehtimol bilan 28 yoshli futbolchiga ishonch bildirmaydi. Bundan esa "qizil-ko'klar" foydalanib qolishi mumkin.

Vaskesning "Real" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi yakunlangan mavsum "qaymoqranglilar" libosida, La Ligada 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo