PSJ Loran Blanni ishdan ketganini ma'lum qildi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2016
PSJ klubi Loran Blan bosh murabbiy lavozimini tark etganini e'lon qildi.

Tomonlar shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishishdi. Francuz klubini Jan-Lui Gasse va Filipp Lamber murabbiylari tark etishdi.

Blan PSJda 3 mavsum davomida ishladi. Bu davr ichida klub 11 ta sovrin yutdi: 3 karra Fransiya chempioni, 2 karra Fransiya kubogi sohibi, 3 karra liga kubogi  va 3 karra Fransiya Superkubogi sohibi.

Men Loran Blanga minnatdorchilik bildirmoqchiman. U oxirgi yillarda jamoamizni kuchaytirdi. Yangi davr boshlayapmiz, Blanga katta rahmat aytaman, – deydi PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi.

Yaqin kunlar ichida Parij klubiga Unai Emeri bosh murabbiy bo'lishi kutilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: psg.fr