PSJ "Lion" hujumchisi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2023, 11:52
Futbolchi klubini almashtirishga yaqin turibdi.

"Lion" hujumchisi Bredli Barkola joriy transfer oynasi tugaguniga qadar PSJ futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, PSJ "Lion"ga 45 million evrolik yangi taklif bilan chiqqan. Shuningdek, parijliklar keyingi sotuvdan 10% tovon puli to'lash haqidagi bandni kelishuvga kiritadilar.

Qayd etilishicha, shartnomaning shaxsiy shartlari iyun oyida kelishilgan. Yosh futbolchi PSJga o'tishga qiziqib qolgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano