PSJ Kulibali uchun kurashda "Man Siti"dan oldinda. Parijliklar "Napoli"ga 82 million evro berishga tayyor

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020, 20:29
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

The Telegraph xabariga ko'ra, PSJ 29 yoshli futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti" dan oldinda. Francuz klubi senegallikni o'z safiga qo'shib olishga ishonmoqda. Muzokaralar ham rivojlangan bosqichga chiqqan.

Qayd etilishicha, PSJ futbolchi uchun 75 million funt (taxminan 82 million evro) to'lashga tayyor. "Man Siti" esa Kulibalini bu miqdorga sotib olmoqchi emas.

Oldinroq "Siti" senegallik uchun qo'shimcha bonuslardan tashqari 75 million evro to'lashi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, "shaharliklar" Kulibali bilan 5 yillik shartnoma tuzishi va u uchun 50 million evro to'lanishi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph