PSJ Jeko bilan muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 11:45
"Roma" forvardi Edin Jeko faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi vakillari 33 yoshli forvard yaqinlari bilan aloqaga chiqib, futbolchining transferi haqida muzokaralarni boshlab yuborishgan. Bosniyalik bilan shartnoma tuzish PSJ sport direktori Antero Enrikening g'oyasi. Jeko yozda klubini o'zgartirishi kutilayotgan Edinson Kavani o'rniga kelishi mumkin.

Jeko joriy mavsum "Roma" safida 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football