PSJ yetakchisi Arsenalga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushmasligi mumkin

Khoja
2 may 2025, 10:50
Usmon Dembele Arsenalga qarshi javob o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida.

RMS Sport xabariga ko'ra, PSJ vingeri birinchi o'yindayoq o'ng sonining orqa qismini jarohatlagan va ehtiyot chorasi sifatida bugun asosiy guruh bilan mashg'ulot o'tkazmagan.

Parijliklarning eng yaxshi to'purari Liga 1 doirasida (3 may) Strasburgga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi kutilmoqda, biroq uning Arsenalga (7 may) qarshi o'ynashi hali aniq emas.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: RMS Sport