PSJ yetakchisi Angliyada o'ynamoqchi, u maoshining pasaytirilishiga ham tayyor

17 iyun 2020, 00:38
Fransiyaning PSJ klubi sardori Tiago Silva tez orada APLga yo'l olishi mumkin. Bu haqida The Telegraph nashri ma'lum qildi.

Braziliyalik himoyachi "tumanli albion"da Parijdagi maoshining miqdorida (oyiga 1,45 mln evro) haq to'lanmasligini yaxshi biladi. Shu tufayli maoshining kamaytirilishiga ham rozi.

Silva Mersisaydning "Everton" klubi bilan muzokaralar o'tkazgani xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph