APL klubi Tiago Silvaga 1+1 ko'rinishidagi shartnoma taklif qildi

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2020, 20:00
Avvalroq, PSJ futbolchisiga “Everton” qiziqayotgani haqda xabar bergandik.

Mersisaydliklar Silvaga bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Agar barchasi ijobiy kechsa bitim yana bir mavsumga uzaytiriladi. Tiagoning o'zi esa 2 yillik shartnomani xohlamoqda. Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik himoyachi PSJni tark etib, erkin agentga aylanishga yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportslens.com