PSJ Dibala uchun yaxshi taklif jo'natmoqchi

Mirjalol Normatov
10 avg 2019, 01:13
"Yuventus" va PSJ o'rtasida vinger Paulo Dibala borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" nashri jurnalisti Nikolo Shiraning xabariga ko'ra, Fransiya jamoasi futbolchiga yaqin vaqtlarda 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Unda argentinalikning yillik maoshi 12 million evroni tashkil qiladi.

Turinliklar hozirda Dibalani "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga almashtirish yo'llarini ham ko'rib chiqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport