PSJ Chempionlar Ligasining joriy mavsumida eng ko'p mukofot puli ishlab oldi

Alisher Ostonov
17 apr 2025, 19:58
PSJ Chempionlar Ligasining joriy mavsumi uchun 119,4 mln evro mukofot puli ishlab oldi, bu turnirda ishtirok etayotgan barcha klublar orasida eng yaxshi ko'rsatkichdir.

Ikkinchi o'rinda 118,1 mln evro ishlab olgan Milanning "Inter" klubi qayd etilgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha kuchli uchlikni Londonning "Arsenal" klubi yakunlab berdi - € 117 mln.

Chempionlar Ligasining joriy mavsumida daromad topgan top-10 klublar:


PSJ - € 119,4 mln;

"Inter" - € 118,1 mln;

"Arsenal" - 117 mln evro;

"Barselona" - 116,6 mln evro;

"Bavariya" - € 105,9 mln;

"Borussiya Dortmund" - € 102,2 mln;

"Real Madrid" - € 101,8 mln;

"Liverpul" - € 98,1 mln;

"Bayer" - 87,1 mln evro;

"Atletiko Madrid" - € 84,9 mln.


Ayni paytda PSJ Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan va u yerda "Arsenal" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Meets Data