PSJ "Borussiya" xavbekiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 may 2019, 18:45
PSJ Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Vayglga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olmoqchi. Uning xizmatlariga "Borussiya"ning sobiq ustozi, hozirda Parij klubini boshqarayotgan Tomas Tuxel qiziqish bildiryapti.

Vaygl 2015 yilning yozida "Myunxen 1860" klubidan "Borussiya"ga o'tgan edi. Transfer 2,5 mln. evro evaziga amalga oshgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal