PSJ “Bavariya” himoyachisi uchun 35 million evro bermoqchi

13 iyul 2018, 07:39
“Bavariya” himoyachisi Jerom Boateng faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Cukture PSG.

Futbolchining Fransiyaga kelishiga parijliklarning yangi ustozi Tomas Tuxel qiziqmoqda. Murabbiy 29 yoshli futbolchining o'zining yangi taktik sxemasi (uchta markaziy himoyachi)da asosiy figuralardan biri sifatida ko'rmoqda.

PSJ futbolchi uchun 35 million evro taklif etmoqda. Boatengning o'ziga esa yiliga 8 million evro to'lashga tayyor.

PSJ shuningdek, Aleks Sandro (“Yuventus”) va Leonardo Bonuchchi (“Milan”) nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Culture PSG