PSJ "Barselona" ustidan kuldi (foto)

Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 14:14
PSJ "Tvitter"dagi rasmiy sahifasiga Neymarning kulayotgan suratini joyladi.

Surat "Barselona" "Real"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan payt e'lon qilingan.

Ispan OAVning fikricha, PSJ tomonidan yuklangan Neymarning surati tasodif emas, aksincha, parijliklar Kataloniya klubi ustidan kulgan. Ko'k-anorranglilar 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.

Neymar 2013-2017 yillarda "Barselona" sharafini himoya qildi. Joriy yozda kataloniyaliklar 25 yoshli braziliyalikni 222 mln. evro evaziga PSJga sotib yubordi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com