PSJ "Barselona" himoyachisini nishonga oldi

Alisher
20 yanv 2021
"Betis"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" himoyachisi Emerson faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

22 yoshli braziliyalik futbolchiga PSJ qiziqish bildirmoqda.

Parij grandi joriy mavsum yakunida Emersonni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

Futbolchi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.