PSJ "Arsenal" hujumchisiga qiziqmoqda

Alisher
5 noya 2022
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra, 21 yoshli braziliyalik uchun PSJ davogarlik qilmoqda. Parijliklar o'yinchi "kanonirlar" bilan yangi mehnat shartnomasi borasida kelisha olmasa, unga bitim taklif qilishga tayyor.

Martinellining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.

Forvard joriy mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur