PSJ 30 million evrolik transferni amalga oshirishga tayyor

Alisher
20 avg 2021, 10:32
"Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga PSJga o'tmoqchi.

Parij klubi 18 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.

Qayd etish kerakki, o'yinchining o'zi "Renn" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas va Parijga yo'l olmoqchi. Kamavinganing amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Kamavinga joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 83 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien