PSJ 18 yoshli futbolchi uchun "Barselona"ga bitimdagidan ko'proq to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026, 22:32
"Barselona"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Dro yaqin soatlar ichida PSJ a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

"As" nashri xabariga ko'ra, transfer summasi futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan 6 million evrodan ko'proqni tashkil qiladi. Parijliklarning belgilangan summadan ko'proq to'lashga rozi bo'lishiga sabab - ikki klub o'rtasida yaqinda shakllangan ijobiy munosabatlarni saqlab qolish istagidir.

Parij klubi rahbariyati kataloniyaliklar bilan aloqalarni buzmaslik uchun shunday yo'l tutishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As