"PROSPORT": Aleksandr Geynrix "Ordabasi"dan taklif oldi

Narzulla Saydullayev
19 noya 2014, 17:20
"Aktobe" klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Qozog'istonga qaytishi mumkin.
"PROSPORT"  nashrining futbolchiga yaqin manbalardan olgan xabariga ko'ra, 30 yoshli hujumchiga Shimkentning "Ordabasi" klubidan taklif tushgan. Taklifning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.

Geynrix 2012 yilda "Aktobe"ga ko'chib o'tib chempionat bronza medaliga ega chiqdi, bir yo'l o'tib chempion bo'ldi. 2014 yilgi Qozog'iston Superkubogini qo'lga kiritdi. Shu yilning yozida klub bilan shartnomasini bekor qilib Toshkentning "Lokomotiv" klubi safiga qo'shildi.

Geynrix bu yil oliy liganing 11ta o'yinida maydonga tushib 7ta gol urdi va klub bilan O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vesti.kz