Promesning 95-daqiqada kiritgan goli “Spartak”ka g'alaba keltirdi

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017, 00:10
Rossiya Premer-ligasining 21-turidan o'rin olgan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Moskvaning “Spartak” klubi o'z maydonida “Orenburg” jamoasini qabul qildi. Beshta gol kiritilgan o'yinda “qizil-oqlar” qiyin g'alabani qo'lga kiritishdi.

O'yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo'shib berilgan 5-daqiqada Promes tomonidan kiritilgan gol “Spartak”ka muhim uch ochkoni taqdim etdi.

0:2 hisobida ortda borayotgan “Orenburg” futbolchilari 2 daqiqa oralig'ida 2ta to'p kiritib, muvozanatni tiklashgandi. Lekin durang natijani saqlab qolish mehmonlarga nasib qilmadi.


Ushbu g'alabadan so'ng “Spartak” 48 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. SSKA va “Zenit” klublari karvonboshidan 6 ochkoga ortda qolishyapti. “Orenburg” 16 ochko bilan 14-pog'onadan joy olgan.

“Orenburg” klubi tarkibida terma jamoamiz yarim himoyachisi Vadim Afonin to'liq 90 daqiqa harakat qildi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif