Pro-ligada bu yil ham farm-klublar bo'ladi...mi?

Narzulla Saydullayev
16 fev 2018, 10:05
Yaqin-yaqingacha pro-ligada endi farm-klublar ishtirok etmasligi haqida PFL tomonidan aytilib kelinayotgandi.

Super liga kabi pro-ligada ham har bir viloyatdan bittadan jamoaning chempionatda ishtirok etishini taminlash haqida aytib o'tilgandi.

Ammo bu borada O'zPFL hamon yakuniy qarorga kelib ulgurmagan ko'rinadi.

Aytishlaricha, joriy mavsumdan buyon pro-ligada ishtirok etish uchun Toshkentning ikki jamoasi - Paxtakor-2 va Bunyodkor-2 farm-klublari astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Paxtakor-2 jamoasini bu yil pro-ligada katta ehtimol bilan Abdumajid Toirov boshqarib boradi. Bunyodkor-2ni esa o'tgan yili jamoa bilan shahar birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritgan murabbiy Murod Otajonovning o'zi boshqaradi.

Aytishlaricha ushbu farm-klublarning pro-ligada ishtirok etishi deyarli hal bo'lib ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia