Pro-ligada 24 yoshdan katta futbolchilar o'ynay olishadi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2017, 18:08
Xabaringiz bor, PFL keyingi mavsumda 24 yoshdan katta futbolchilarning o'ynashini taqiqlab qo'ygandi.

Biroq PFL klublarning iltimoslarini inobatga oldi va yangi mavsumdan boshlab pro-ligada 24 yoshdan katta futbolchilarning ham o'ynashiga ruxsat berdi. Lekin, bitta jamoa safida 60 foiz yoshlar, 40 foiz 24 yoshdan katta futbolchilar maydonga tushishlari lozim bo'ladi.

Bu haqda PFL bosh direktori Omon G'ofurov saytimizga ma'lum qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia