Pro liga klubi tarkibga 300 ming evrolik hujumchini qo'shib oldi

Iskandarov Abdulaziz
2 mar 2024, 11:59
Xabaringiz bor, 24 fevral kuni Superligada rasman transfer oynasi yopildi.

Oradan 4 kun o'tib esa Pro ligada ham barcha keldi-ketdilar yakunlandi. 

Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" tarkibga yana bir hujumchini qo'shib oldi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning ma'lum qilishicha, bosniyalik forvard Dominik Begich joriy mavsumni "Buxoro"da boshlaydi. "Transfermarkt" portali  uning narxini 300 ming evroga baholagan. 

Begich O'zbekistonga kelguniga qadar "Posushe", "Imotski", "Kaplina" jamoalarida to'p tepgan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia