

Chunki samarqandliklar 11-turga qadar chempionatda g'alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Nihoyat Davron Fayziev boshqaruvidagi Dinamo kecha dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. O'z maydonida Nukusning Orol jamoasini qabul qilgan samarqandliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Dinamo turnir jadvalida 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Endi navbatdagi turda samarqandliklar G'uzorda Sho'rtan mehmoni bo'ladi.




