

Ortda qolgan 12ta turdagi e'tiborga molik statistikalarni taqdim etishning ayni payti.
Mavsumning birinchi qismida "Neftchi" hujumchisi Marko Obradovich 9ta gol urdi va to'purar bo'lib turibdi. U bir marta golli uzatma ham bergan va gol+pas tizimida 10 ochkoga ega.
"Olimpik" hujumchisi Alisher Odilov 8ta gol urdi va 3ta golli uzatma berdi. "Xorazm"ning tajribali to'purari Ro'zimboy Ahmedov raqiblar darvozasiga 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
GOL+PAS
Alisher Odilov ("Olimpik") 8ta gol, 3ta uzatma
Marko Obradovich ("Neftchi") 9ta gol, 1ta uzatma
Ro'zimboy Ahmedov ("Xorazm") 7ta gol, 2ta uzatma
Davron Isoqov ("Buxoro") 7ta gol
Shohruh Abdurahmonov ("Dinamo") 4ta gol, 2ta uzatma



