Pro liga. 11-turning ikkita o'yini bir kun keyin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2020, 12:02
Pro liga 11-turidan o'rin olgan ikki o'yin sanasi o'zgardi.

Ushbu turdan o'rin olgan “Neftchi” – “Sho'rtan” va “Istiqlol” – “Turon” bahsi mos ravishda 12 hamda 13 oktyabr kunlari bo'lib o'tishi kerak edi.

Ammo, 12 oktyabr sanasida Bosh vazir kubogi musobaqasi bo'lib o'tishi va unda Pro liga bahslarini translyatsiya qiluvchi “Uzreport TV” ijodiy guruhi ishlashi bois, yuqoridagi ikki o'yin 13 hamda 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan bo'ldi.

Pro liga. 11-tur
11 oktyabr, yakshanba

15:30 ZOMIN – DINAMO

12 oktyabr, dushanba
16:00 XORAZM – OQTEPA

13 oktyabr, seshanba
15:00 NEFTCHI – SHO'RTAN ǀ Jonli efir

14 oktyabr, chorshanba
15:00 ISTIQLOL – TURON ǀ Jonli efir

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz