Prevyu. "UzDongJu" - "Xotira-79"

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 11:16
Bugun O'zbekiston birinchiligi 6-tur bahslariga start beriladi. Andijonda UzDongJu jamoasi Uychi tumanining Xotira-79 jamoasini qabul qiladi.

Ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak tenglikning guvohi bo'lishimiz mumkin. 4ta o'yinda tomonlar 2 marotabadan zafar quchishgan, to'plar nisbati 6:4, “UzDongJu” foydasiga.

Mazkur bahsni toshkentlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Igor Xudaydatovga qanotlarda  Farrux Yarmuhammedov va Bahodir Bahromovlar yordam berishadi. Nazoratchi hakam Marat Ismailov.

Ushbu  bahs Sho'rbuloq dahasidagi futbolga ixtisoslashgan maktab-internati stadionida 16:30da o'tkazilishi belgilangan.

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.

O'ZARO O'YINLAR
2014 YIL
6-tur. 27 aprel (yakshanba)
Xotira-79 (Uychi) – UzDongJu (Andijon) – 2:0.
Gollar:
X. G'aniev (41), I. Isoqjonov (49).

 17-tur. 23 iyun (dushanba)
UzDongJu (Andijon) – Xotira-79 (Uychi) – 3:0.
Gollar:
O. Komilov(16),F.Soloxidinov (74),SH.Jumaboev (90).

2015 YIL
6-tur. 3 may (yakshanba)
UzDongJu (Andijon) – Xotira-79 (Uychi) – 2:0.
Gollar:
O. Komilov (39), F. Soloxidinov (65).

13- tur. 13 iyun (shanba)
Xotira-79 (Uychi) – UzDongJu (Andijon) – 2:1.
Gollar:
SH.Ischanov (60), A.Sultonov (81)–X.Yuldashev (1).

2016 YIL
6- tur. 28 aprel (payshanba)
UzDongJu (Andijon) – Xotira-79 (Uychi) Sho'rbulok FIMI stadioni.
Xakamlar:
I.Xudaydatov(Toshkent), F.Yarmuxammedov (Toshkent), B.Baxromov (Toshkent)
Nazoratchi:
  M.Ismailov (Toshkent).


UzDongJu FK matbuot kotibi Sherzodbek Mamadaliev tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia