Prevyu. “So'g'diyona” - AGMK

Narzulla Saydullayev
4 noya 2018
Superliga 29 -tur doirasida “So'g'diyona” o'z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.

E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU  MAVSUMDA

Birinchi davra 10-turida “So'g'diyona”  safarda AGMK jamoasiga qarshi bahs olib borgan edi va ushbu o'yinda hisob ochilmagan. Superliga 21-turida So'g'diyona o'z maydonida 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan. 24-turda esa "So'g'diyona" Olmaliqda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.


O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda  AGMK klublari  shu kungacha 19  bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 6 ta, AGMK  hisobida  8 ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  olmaliqliklar tomonida:  27:35   “So'g'diyona”  o'zaro o'yinlarda 23 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, AGMK  ham 29  ochkoni qo'lga qiritgan.



“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar :

11.08.2018   So'g'diyona – AGMK 1:3                                      
18.03.2017 So'g'diyona – Olmaliq 3:2
14.05.2016 So'g'diyona – Olmaliq 1:0
30.10.2015 So'g'diyona – Olmaliq 1:0
09.08.2014 So'g'diyona – Olmaliq 0:0
04.08.2013 So'g'diyona – Olmaliq 2:2
15.10.2011 So'g'diyona – Olmaliq 5:2
23.03.2009 So'g'diyona – Olmaliq 3:2
20.09.2008 So'g'diyona – Olmaliq 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 9 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. AGMK hisobida esa bitta g'alaba mavjud.

O'YIN VAQTI VA JOYI:


“So'g'diyona” - AGMK bahsi 4 noyabr  kuni soat 17:00da  “So'g'diyona” stadionida boshlanad.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати