Prevyu. "Neftchi" - "So'g'diyona"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2015
Oliy liganing 6-turida "So'g'diyona" klubi safarda "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi.
Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax)
25 aprel 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar
: I.Tantashev, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, D.Muxtorov.
Nazoratchi: A.Arutyunov.

“Neftchi” hamda “So'g'diyona” oliy ligada 38 bora to'qnash kelishgan. Shulardan 25tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 85:30 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 85 ochkoni, “So'g'diyona” esa 23 ochkoni qo'lga kiritgan.

“So'g'diyona”ning “Neftchi” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 2:0. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda jizzaxliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng.

2014 yil 9-turda ushbu jamoalar Zominda kuch sinashishgandi. Ayubxon No'monov va Orif Mamajonovning urgan gollari “Neftchi”ning mag'lubiyatini taminlagandi – 2:0. Farg'onada durang qayd etilgan. Ro'zimboy Ahmedovning goliga uchrashuv so'nggida Ilyos Qurbonov javob bergan – 1:1.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.10.2014 Neftchi - So'g'diyona 1:1
18.10.2013 Neftchi - So'g'diyona 0:2
17.09.2011 Neftchi - So'g'diyona 2:1
14.08.2009 Neftchi - So'g'diyona 7:0
10.07.2008 Neftchi - So'g'diyona 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bu raqibni 16 marta mag'lub etgan. Ikki marta (1992 va 2014 yil) durang qayd etilgan. 2013 yilda “So'g'diyona” Farg'onada “Neftchi”ni ilk bor mag'lub etib qaytgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia