Prevyu. "Neftchi" - "Qizilqum"

Narzulla Saydullayev
20 noya 2015, 09:45
Navoiyning "Qizilqum" klubi mavsumni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'yin bilan tugatadi.

Neftchi (Farg'ona) – Qizilqum (Navoiy)
20 noyabr 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 14:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
 
“Neftchi” va “Qizilqum” oliy ligada 31 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Neftchi”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Farg'onaliklar 18ta o'yinda g'olib bo'lishgan, “Qizilqum” 8 marta vodiy klubini taslim qilgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham katta ustunlik “Neftchi” tomonida - 53:29. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 59 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qizilqum” 29 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Qizilqum”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:1ga teng. “Neftchi”ning eng yirik g'alabasi esa 5:0.

Birinchi davrada Navoyida bo'lib o'tgan o'yinda tomonlar har qancha harakat qilishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmagan – 0:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.04.2014 Neftchi - Qizilqum 0:0
28.09.2013 Neftchi - Qizilqum 2:0
13.09.2012 Neftchi - Qizilqum 3:1
15.06.2011 Neftchi - Qizilqum 1:0
02.10.2010 Neftchi - Qizilqum 4:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” maydonida bo'lib o'tgan 15ta o'yinning 13tasida mezbonlar 3 ochkoga ega chiqishgan. Ikki marta “Qizilqum” safarda durangga erishgan. “Qizilqum” o'z tarixida umuman Farg'onadan g'alaba bilan qayta olmagan. Oxirgi ikki uchrashuvda “Neftchi” o'z maydonida gol o'tkazmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia