PREVYU. NEFTCHI – PAXTAKOR

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013
Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 43 bor kesishgan.
NEFTCHI – PAXTAKOR
29 oktyabr. Farg'ona. "Qirguli SK". 15:00
Hakamlar:
O.Tolibjonov, R.Shoyahmetov, T.Gaynulin, V.Agishev.
Nazoratchi: A.Abdullaev.

Kichik ustunlik “Paxtakor” tomonida. 19ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 17ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 70ta gol kiritib o'z darvozasidan 59 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 64 ochkoni, “Neftchi” esa 58 ochkoni qo'lga kiritgan. 

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

Toshkentda bo'lib o'tgan dastlabki davradagi o'yin taqdirini yagona gol hal qilgandi. “Sherlar” himoyachisi Davron Hoshimov ikkinchi bo'lim boshida “Neftchi” darvozasini uzoq masofadan turib ishg'ol qilgandi – 1:0. Qizig'i o'sha o'yinni ham aynan Olim Tolibjonov boshqargandi.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.06.2012 Neftchi - Paxtakor 3:1
22.10.2011 Neftchi - Paxtakor 4:1
06.05.2010 Neftchi - Paxtakor 3:3
09.09.2009 Neftchi - Paxtakor 0:2
23.11.2008 Neftchi - Paxtakor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 13tasida muvaffaqiyat qozongan. 5ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Paxtakor” Farg'onadan uch marta uch ochko bilan qayta olgan xolos. Vodiyda bo'lib o'tgan oxirgi uchta o'yinda “sherlar” g'alaba qozona olishmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia