Prevyu. “Nasaf” – “Andijon”

Narzulla Saydullayev
17 okt 2019
18 oktyabr kuni Coca-cola Superligasi 22-turiga start beriladi.

“Ajdarlar” 22-turda Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qiladi.

“Nasaf” – “Andijon” uchrashuvi 19 oktyabr shanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 17:30da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar O'zbekiston chempionatida shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 23 uchrashuvda “Nasaf”, 6 o'yinda esa “Andijon” g'alabaga erishgan. 8 uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati 85:46 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida. O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Andijon” 8:1, “Andijon” – “Nasaf” 6:0. "Nasaf" so'nggi o'zaro uchrashuvni shu yilning 18 aprel kuni Andijonda o'tkazgan. Bu uchrashuv 3:1 hisobida yakunlangan.

Qarshidagi o'zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 18 bor kuch sinashishgan. 16 uchrashuvda "Nasaf" g'alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang qayd etilgan va 1 uchrashuvda mezbonlar g'alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 79 ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 60:19.

E'tiboringizga, Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

28.04.2016
Nasaf – Andijon 3:0

12.03.2015
Nasaf – Andijon 3:1

01.10.2014
Nasaf – Andijon 3:0

22.04.2012
Nasaf – Andijon 4:0

06.03.2011
Nasaf – Andijon 2:0

18 oktyabr kuni 16:00da mazkur jamoalarning yoshlari kuch sinashishadi. Bellashuv “Mehnatchi” stadionida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz