Prevyu. “Nasaf” – AGMK

Narzulla Saydullayev
25 apr 2019, 13:00
26 aprel kuni Superliganing 6-turiga start beriladi.

Shu kuni “ajdarlar” Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qilishadi.

Bu jamoalar jamoalari o'rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'lgan.

“Nasaf” – AGMK uchrashuvi 26 aprel juma kuni Qarshi “Markaziy” stadionida boshlanadi. Uchrashuv soat 19:35da boshlanadi.



O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 24 bor kuch sinashishgan. Natijalar "Nasaf"ning ustunligini ko'rsatmoqda. Bo'lib o'tgan 12 uchrashuvda “Nasaf”, 3 o'yinda esa AGMK g'alabaga erishgan. 9 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.

To'plar nisbati 36:21ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – AGMK 4:0, AGMK – “Nasaf” 2:0.

Qarshiliklar so'nggi o'zaro uchrashuvni 2018 yil 25 noyabrda Qarshida o'tkazgan. Bu uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan.



Qarshidagi o'zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Qarshida 12 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning sakkiztasida mezbonlar g'alaba qozongan. Bir marotaba “konchilar” Qarshida g'alaba qozonishgan. Qolgan uch uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 37ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 24:13.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia