Prevyu. “Metallurg” – “Qo'qon-1912”

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2015
“Metallurg” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 10 bor kuch sinashishgan.
“Metallurg” 3ta o'yinda g'alaba qozongan. 5ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik qo'qonliklar tomonida: 18:14. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 17 ochkoga ega bo'lgan, “Metalurg” esa 11 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklarning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 5:1.

Bu jamoalar so'nggi bor 2003 yil oliy ligada to'qnash kelishgan. Bekobodda Arslon Tolipov (2ta) va Abbos Abdullaev mezbonlar tarkibida, Shuxrat Yusupov mehmonlar safida gol urgan – 3:1. Qo'qonda esa mezbonlar yirik hisobda zafar quchishgan. No'mon Hasanov, Alisher Otajonov, Xayrulla Mahmudov va Rahmat Inog'omov “Metallurg” darvozasini ishg'ol qilishgandi – 4:0.

“Metallurg” maydonida bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.05.2003 Metallurg - Qo'qon-1912  3:1
23.03.2002 Metallurg - Qo'qon-1912  0:2
20.09.2000 Metallurg - Qo'qon-1912  6:1
18.04.1999 Metallurg - Qo'qon-1912  2:0
29.05.1998 Metallurg - Qo'qon-1912  1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z maydonida o'tkazgan 5ta o'yinning uchtasida g'olib chiqqan. Bitta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Yana bitta uchrashuvda “Qo'qon-1912” safarda muvaffaqiyat qozongan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia