PREVYU. BUXORO – NASAF

Narzulla Saydullayev
29 okt 2013, 09:58
“Buxoro” va “Nasaf” oliy ligada jami 31 bora to'qnash kelishgan.
BUXORO – NASAF
29 oktyabr. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 16:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, V.Serazetdinov.
Nazoratchi: R.Mo'minov.

Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Ajdarlar” 14ta o'yinda g'olib bo'lishgan. “Buxoro” shu kungacha “Nasaf”ni 9 marta mag'lub etgan. 8ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 50:36. O'zaro o'yinlarda “Nasaf” 50 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0ga teng. “Buxoro”ning eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

Birinchi davraning 3-turida Qarshida bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar uch ochkoga ega bo'lishgan. Alisher Yusupov (ikkita) va Ilhom Shomurodov urgan gollarga mehmon jamoa tarkibida Vohid Shodiev javob bergan – 3:1. O'sha o'yinning 82-daqiqasida bosh hakam “Buxoro” darvozaboni Sardor Qobuljonovni maydondan chetlatgandi. Boshqa o'zgarish qolmagani sababli darvozani himoyachi Georgiy Kvesieshvili egallashga majbur bo'lgandi.

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.06.2012 Buxoro - Nasaf 1:0
22.04.2011 Buxoro - Nasaf 1:1
07.03.2009 Buxoro - Nasaf 0:1
18.05.2008 Buxoro - Nasaf 3:0
22.09.2007 Buxoro - Nasaf 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Buxoroda o'tgan 15ta o'yinning 9tasida mezbonlar g'alaba qozonishgan. 4ta o'yin durang natijasi bilan nihoyasiga etgan. “Nasaf” shu kungacha safarda “Buxoro”ni ikki bor mag'lub etgan. Oxirgi ikki o'yinda “Nasaf” safarda g'alaba qozona olmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia